» » YChLda mavsumning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. “Real”dan 8, “Liverpul”dan esa 3 futbolchi 

YChLda mavsumning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. “Real”dan 8, “Liverpul”dan esa 3 futbolchi 


UEFA Yevropa Chempionlar Ligasining yakunlangan mavsumi uchun ramziy terma jamoani tuzdi. Bu haqda tashkilotning Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.

Mazkur jamoadan 18 nafar futbolchi o‘rin oldi. Mavsum chempionligini qo‘lga kiritgan “Real Madrid”ning 8 nafar o‘yinchisi, finalchi “Liverpul”ning esa 3 nafar a’zosi ramziy termaga kiritildi.

Darvozabonlar: Alisson (“Roma”), Keylor Navas (“Real”).

Himoyachilar: Rafael Varan, Marselo, Serxio Ramos (barchasi – “Real”), Virgil van Deyk (“Liverpul”), Yozua Kimmix (“Bavariya”), Jorjio Kyellini (“Yuventus”).

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Toni Kroos, Luka Modrich (barchasi – “Real”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Xames Rodriges (“Bavariya”).

Hujumchilar: Muhammad Saloh, Roberto Firmino (ikkisi – “Liverpul”), Edin Jeko (“Roma”), Lionel Messi (“Barselona”), Krishtianu Ronaldu (“Real”).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют