» » Xitoy AQShning o‘z hududiy suvlariga bostirib kirgani haqida ma’lum qildi

Xitoy AQShning o‘z hududiy suvlariga bostirib kirgani haqida ma’lum qildi


Xitoy mudofaa vazirligi AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalari Janubiy Xitoy dengizida mamlakat hududiy suvlariga beruxsat kirganini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ta’kidlanishicha, bunda gap Parasel orollari akvatoriyasi haqida bormoqda.

Xitoy bunga javoban kemaga tayangan aviatsiyani yubordi, u Amerika kemalarini ular akvatoriyani tark etishi kerakligi haqida ogohlantirdi.

Mudofaa idorasida Amerika kemalarining navbatdagi manyovrlarini gij-gijlash, “XXR qonunlari va tegishli xalqaro me’yorlarning buzilishi, Xitoy hududiy suverenitetining jiddiy betakalluf buzilishi” deb atadi.

Xitoy hukumati mamlakatning davlat suverenitetini va milliy xavfsizligini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rish niyatida.

Avvalroq USS Higgins esminetsi va USS Antietam boshqariluvchi raketa quroliga ega kreyser 27-may kuni Janubiy Xitoy dengizidagi Parasel orollaridan 12 dengiz mili masofasida o‘tib ketgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют