» » “KB Strelka” mutaxassislari Toshkent ko‘chalarini o‘rganishga kirishdi

“KB Strelka” mutaxassislari Toshkent ko‘chalarini o‘rganishga kirishdi


Rossiyaning “KB Strelka” konsalting kompaniyasi mutaxassislari Toshkent qiyofasini o‘zgartirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun poytaxt ko‘chalarini o‘rganishga kirishdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

26-may kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi ko‘ngillilari Amir Temir xiyoboni hamda shu nomli ko‘chadan Yunusobod tomon bo‘ylab odamlar va transport oqimini o‘rgandi. Loyiha doirasida boshqa tadqiqotlar ham olib boriladi.

Avtomobillar, jamoat transporti, shuningdek, ko‘cha va trotuarlarda harakatlanayotgan piyodalar soni transport harakati polosalarining samarali tashkil qilingani, trotuarlarning yetarlicha kengligi, ularning odamlar oqimini sig‘dira olishi kabi holatlarni tahlil qilish uchun zarur.

Tekshiruvlar chog‘ida olingan ma’lumot poytaxt ko‘chalarini shahar aholisi va mehmonlari uchun qulay hududga aylantirish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu ma’lumot bo‘yicha vaqt o‘tishi bilan Toshkent ko‘chalari rekonstruksiyasining samaradorligi baholanishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют