» » “Real M” — “Atletiko M”. Tarixda ilk bor bir shahar jamoalari Yevropa Superkubogi uchun kurashadi

“Real M” — “Atletiko M”. Tarixda ilk bor bir shahar jamoalari Yevropa Superkubogi uchun kurashadi


Madridning “Real” hamda “Atletiko” klublari Yevropa Superkubogi uchun o‘yinda maydonga tushadigan bo‘ldi.

“Real” Chempionlar Ligasini, “Atletiko Madrid” esa Yevropa Ligasi g‘olibi sifatida yana bir kubokni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Mazkur uchrashuv joriy yilning 15-avgust kuni Estoniya poytaxti Tallin shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlash joiz, Yevropa Superkubogi tarixida ilk bor bir shaharning ikki klubi bosh sovrin uchun maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun “Atletiko” Yevropa Ligasi finalida “Marsel”ni dog‘da qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. “Real” esa 26-may sanasida “Liverpul”ni mag‘lub etib, ketma-ket 3-marotaba YChL kubogiga ega chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют