» » O‘zbekiston dunyo pasportlari indeksida besh pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston dunyo pasportlari indeksida besh pog‘ona yuqoriladi


Henley & Partners tahlil kompaniyasining an’anaviy Pasportlar indeksida O‘zbekiston olti pog‘ona yuqorilab, 76-o‘rinni egalladi, deb yozadi Spot.

Respublika fuqarolari 59 ta mamlakatga vizasiz tashrif buyura oladi, ular orasida Boliviya, Ekvador, Nikaragua, Uganda, Madagaskar ham bor.

O‘zbekiston bilan birga Hindiston ham 76-o‘rinda joylashdi, uning fuqarolari ham 59 ta mamlakatga vizasiz bora oladi.

MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Ukrainada (38-o‘rin, 128 ta mamlakat). Undan keyingi pog‘onalarni Moldova (45-o‘rin, 121 ta mamlakat) va Rossiya (47-o‘rin, 118 ta mamlakat) egalladi.

Reytingda bu safar Yaponiya yetakchilik qildi, uning fuqarolari dunyoning 189 ta mamlakatiga vizasiz safar qila oladi. Germaniya ikkinchi o‘ringa tushib qoldi va uni Singapur bilan bo‘lishib oldi (188 ta mamlakat). Uchinchi o‘rinda esa Finlyandiya, Fransiya, Italiya, Shvetsiya, Ispaniya, Janubiy Koreya joylashdi (187 ta mamlakat).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют