» » AQSh va KXDR yetakchilari uchrashuviga Janubiy Koreya prezidenti qo‘shilishi mumkin

AQSh va KXDR yetakchilari uchrashuviga Janubiy Koreya prezidenti qo‘shilishi mumkin


Janubiy Koreya prezidenti KXDR va AQSh yetakchilarining Singapurdagi uchrashuviga kelib qo‘shilishi mumkin, deb yozadi “Kommersant”.

“Ryonxap” agentligi Janubiy Koreya hukumatidagi yuqori mansabli manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan suhbatdan keyin, AQSh, KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasida yuqori darajada uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishiga umid bildirgan.

Manbaning ta’kidlashicha, Donald Trampning Kim Chen In bilan sammiti haqidagi muhokamalar hali davom etmoqda va Janubiy Koreya “muzokaralar nima bilan yakun topishini kutmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, KXDR delegatsiyasi Pekinga yetib keldi, u yerdan AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish uchun Singapurga yo‘l oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют