» » Top-10. YChLning mavsumdagi eng yaxshi gollari e’lon qilindi. Beylning finaldagi goli 1-o‘ringa munosib ko‘rilmadi 

Top-10. YChLning mavsumdagi eng yaxshi gollari e’lon qilindi. Beylning finaldagi goli 1-o‘ringa munosib ko‘rilmadi 


UEFA texnik kuzatuvchilari Yevropa Chempionlar Ligasining 2017/18-yilgi mavsumidagi eng yaxshi 10 ta golni aniqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Birinchi o‘ringa “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning musobaqa chorak finalida “Yuventus” darvozasiga urgan goli munosib ko‘rildi. “Qirollik klubi”ning yana bir a’zosi Garet Beyl tomonidan “Liverpul” bilan bo‘lib o‘tgan final o‘yinida akrobatik usulda kiritgan gol esa ikkinchi o‘rindan joy oldi. 3-o‘rin esa “Real”ning sobiq hujumchisi, hozirda “Yuventus”da to‘p surayotgan Gonsalo Iguainning 1/8 finalning “Tottenhem”ga qarshi o‘tgan 1-o‘yinida urgan goli egalladi.

1. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus” — “Real” 0:3, 1/4 final birinchi o‘yini)

2. Garet Beyl (“Liverpul” — “Real” 1:3, final)

3. Gonsalo Iguain (“Yuventus” — “Tottenhem” 2:2, 1/8 final birinchi o‘yini)

4. Antuan Grizmann (“Atletiko” — “Roma” 2:0, guruh bosqichi)

5. Edin Jeko (“Chelsi” — “Roma” 3:3, guruh bosqichi)

6. Garet Beyl (“Borussiya” D – “Real” 1:3, guruh bosqichi)

7. Fred (“Shaxtyor” — “Roma” 2:1, 1/8 final birinchi o‘yini)

8. Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti” — “Shaxtyor” 2:0, guruh bosqichi)

9. Lorenso Insinye (“Napoli” — “Shaxtyor” 3:0, guruh bosqichi)

10. Krishtianu Ronaldu (“Real” — “Borussiya” D 3:2, guruh bosqichi)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют