» » Toshkentda 3-iyun kuni “Butunjahon velosiped kuni”ga bag‘ishlangan velopoyga bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 3-iyun kuni “Butunjahon velosiped kuni”ga bag‘ishlangan velopoyga bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi “3-iyun – Butunjahon velosiped kuni” munosabati bilan Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda velotur tashkil etmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur veloturda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, elchixona, vakolatxonalar xodimlari va boshqalar ishtirok etishi mumkin.

Ma’lumot uchun veloturga 3-iyun, yakshanba kuni Toshkent shahridagi Taraqqiyot ko‘chasida start beriladi. Ro‘yxatga olish soat 07:00 dan 08:00 gacha davom etadi. Velopoyga esa soat 9-00 da boshlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 237-47-44 raqamiga murojaat qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют