» » “O‘zgidromet” Qoraqalpog‘iston va Xorazmda sodir bo‘lgan qum bo‘roniga izoh berdi

“O‘zgidromet” Qoraqalpog‘iston va Xorazmda sodir bo‘lgan qum bo‘roniga izoh berdi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi Gidrometeorologiya markazi xizmati 27-may kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga yopirilgan tuzli qum bo‘roniga izoh berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

“O‘zgidromet”ning ta’kidlashicha, 27—28-may kunlari O‘zbekiston shimoli-g‘arbiga Rossiyaning Yevropaga yaqin hududlarida tarqalgan sovuq havo massasining kirib kelishi kuzatilgan.

Mavzuga doir: Foto, video: Xorazmda tuzli qum bo‘roni. U dehqonlarga katta zarar keltirishi mumkin

Yuqori tezlikdagi frontal oqim va sezilarli darajadagi haroratlar farqi respublikaning barcha hududlarida kuchli shamolni yuzaga keltirgan. Bunda shamol tezligi 17—22 m/sekundni, ayrim hududlarda 25—27 m/sekundni tashkil etgan.

Eng yomon ob-havo sharoiti Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuzatilgan. Mazkur hududlarda uzoq vaqtda davomida quruq ob-havo kuzatilgan (oxirgi marta yomg‘ir 25-aprel kuni yoqqan). 27-may kuni sodir bo‘lgan qum bo‘ronida ham deyarli yomg‘ir yog‘magan.

Kun bo‘yi davom etgan shiddatli shamol qurib qolgan yer yuzasidagi changlarni havoga uchirgan. Bundan tashqari shamolning shimol yo‘nalishda esishi qurib qolgan Orol dengizining tubidagi tuzlarni Xorazm viloyati va Turkmanistonning qo‘shni hududlariga qadar uchirib borgan.

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida tez-tez qum bo‘ronlari sodir bo‘lib turadi. Ammo 27-may kuni sodir bo‘lganidek tuzli qumlarning bu qadar uzoq masofaga uchib borishi doim ham kuzatilavermaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют