» » Afg‘onistonda aviazarbalar natijasida IShIDning 19 jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘onistonda aviazarbalar natijasida IShIDning 19 jangarisi yo‘q qilindi


Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyati hududida amalga oshirilgan aviazarbalar natijasida IShIDning 19 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda EADaily xabar berdi.

O‘ldirilgan jangarilar orasida IShIDning ikki nafar yetakchi qo‘mondoni bo‘lgan. Bundan tashqari, AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan Paktiya viloyatida berilgan zarbalar oqibatida olti nafar “Tolibon” a’zosi yo‘q qilingan va yana besh nafari jarohat olgan.

Guruhlar vakillari hozircha o‘z qatorlaridagi yo‘qotishlar haqida izoh bermagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют