» » London timsollaridan biriga aylangan qizil tusdagi telefon budkalari tarixda qoldi. Endi ular qora bo‘ladi (foto)

London timsollaridan biriga aylangan qizil tusdagi telefon budkalari tarixda qoldi. Endi ular qora bo‘ladi (foto)


New World Payphones kompaniyasi London va Buyuk Britaniya ramzlaridan biriga aylangan qizil rangdagi telefon budkalarining yangi dizaynini taqdim etdi, deb TJournal xabar berdi.

O‘rnatilganiga salkam 1 asr bo‘lgan klassik telefon budkalari o‘rnini zamonaviy ko‘rinishdagisi egallaydi. Yangi budkada eskisidagi kabi yopiladigan eshik yo‘q, shuningdek, mashhur qizil rang qoraga almashtirilgan. Telefon avtomati bilan bir qatorda, yangi budkalarda ular joylashgan hududlar haqida ma’lumot beruvchi sensorli displeylar va Virgin Media kompaniyasining Wi-Fi qurilmalari joylashtiriladi.

New World Payphones’ga egalik qiluvchi kompaniya bosh direktori Jastin Kokreynning so‘zlariga ko‘ra, yangi budkalar yirik ko‘chalarni eski aloqa vositalaridan sezilarli darajada bo‘shatishga imkon beradi. Bo‘shagan joylar o‘rnini yangi ekilgan daraxtlar egallaydi. Shuningdek, ishlab chiqilgan loyiha yangilangan “telefon qutilari”ni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni imtiyozlar orqali qo‘llab-quvvatlaydi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

 

Опубликовано: admin (9-02-2017, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют