» » Ukrainada Nissan avtomobilining poyezd bilan to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi

Ukrainada Nissan avtomobilining poyezd bilan to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi


Ukrainaning Odessa viloyatida Nissan avtomobili temiryo‘l kesishmasiga chiqib ketib, poyezd bilan to‘qnashuvi oqibatida bir nafar ayol halok bo‘ldi. Bundan tashqari, yana uch kishi jabrlandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Avariya 28-may, dushanba kuni 8:15 da Abamelikovo—Kodima stansiyalari oralig‘ida yuz berdi.

Nissan avtomobilining haydovchisi temiryo‘l kesishmasiga chiqib ketgan va soatiga 115 kilometr tezlik bilan harakatlanayotgan Odessa—Kiyev yo‘nalishidagi poyezd bilan to‘qnashib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, YTH oqibatida avtomobil yo‘lovchisi bo‘lgan ayol halok bo‘lgan, ikki nafar bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Yana bir kishi jarohat olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют