» » Nukusda kitob bayrami o‘tkazildi

Nukusda kitob bayrami o‘tkazildi


Nukusda “Kitob mutolaasi madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida kitob bayrami o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir doirasida kitoblar ko‘rgazmasi va kitob savdo-yarmarkasi tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi, “Bilim”, “Qoraqalpog‘iston” nashriyotlari tomonidan taqdim etilgan yangi kitoblar taqdimoti yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Kitob bayramida faol ishtirok etgan nashriyotlar, namunaviy kitob do‘konlari, kitob ko‘rgazmalarini tashkil etgan muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют