» » Fotogalereya: Dunyoning kitoblar bilan bezatilgan hayratlanarli inshootlari

Fotogalereya: Dunyoning kitoblar bilan bezatilgan hayratlanarli inshootlari


Arxitekturada kitoblardan noodatiy uslubda foydalanish ichki dizayn bilan chegaralanmaydi. LiveLib nashri kitoblardan noodatiy uslubda foydalanilgan bino va inshootlarning ajoyib fotojamlanmasini taqdim qildi.

Kitobli devor

Kitoblarning go‘zalligi ushbu baland g‘ishtin uy bilan a’lo darajada hamohanglikni hosil qiladi.

Osmondagi kitoblar

Kitoblar Fransiyaning Lion shahridagi shahar jamoat kutubxonasining (La Biblioth?que De La Cit?) devorini bezab turibdi.

Kitoblar sizga ma’qul tomonga yo‘l boshlaydi

Jamoat joylaridagi xuddi shunday zinapoyalar sizni tabassum qilishga majbur qiladi.

Bekatdagi mutolaa

AQShning shimoli-g‘arbidagi Portland davlat universitetining avtomobil to‘xtash joyini topish juda oson – buning uchun “bahaybat” kitoblarni izlash yetarli.

Kitobli uy

Kitoblarning yorqin suratlari bu binoni sehrli joyga aylantiradi.

Kitoblar har doim og‘ir damda yordam beradi

Shu kitoblardan birini o‘qigingiz kelib qolsa, nima qilgan bo‘lar edingiz?

Muallaq kitoblar

Ushbu ark darvozasini bezab turgan kitoblar sizni o‘zining sehrli olamiga taklif qiladi.

 Aqldan ozdiruvchi ulkan kitoblar

Kanzas-Siti kutubxonasi ulkan kitoblar peshtaxtasi tasviri bilan qoplangan avtomobillar turargohi bilan mashhur hisoblanadi.

Kitoblar va boshqalar

Bu suratda ulkan kitoblar orasida yurgan odamlarni ko‘rish mumkin.

Sirli kutubxona

Bu kutubxonali fasad shu darajada haqiqiy ko‘rinadiki, beixtiyor u tomonga yo‘l olasiz.

Kitoblar bilan hammasi yaxshi bo‘ladi

Uy balkonida joylashgan kichkina bog‘da kitoblar gultuvaklar bilan o‘ziga xos manzarani  vujudga keltirgan.

Kitob olamiga xush kelibsiz!

Fransiyaning Eks-an-Provans shahrida joylashgan ushbu kutubxonaning jozibador kirish joyi sizni tantanali ravishda o‘zga olamga taklif qiladi.

Kechirasiz, menga yuqoridagi kitobni olib bera olmaysizmi?

Fransiyaning Lion shahrida joylashgan ushbu kitob do‘konining kirish joyi kitoblarning hech qachon juda ko‘p bo‘lmasligini ishonchli ravishda isbotlaydi.

Bunday sahifalarni varaqlash uchun necha kishi kerak?

Bu ulkan kitoblar AQShning Minnesota shtatida joylashgan Duluts jamoat kutubxonasida joylashgan.

Agar mening barcha istaklarimni yig‘sak, ana shuday ustun hosil bo‘ladi

Germaniyaning Frankfurt shahridagi ko‘chada tasvirlangan bu kitob ustunlari hech qachon yiqilmaydi.

Albatta, bu kitob do‘koni!

AQShning Yuta shtatidagi Provo shahrida joylashgan “Pioneer” kitob do‘konining old tomoni kitobsevarlarni magnit kabi o‘ziga tortadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют