» » Rossiyadagi hayvonot bog‘ida mushuk silovsin bolasini boqib oldi

Rossiyadagi hayvonot bog‘ida mushuk silovsin bolasini boqib oldi


Rossiyadagi Primorye o‘lkasi Ussuriysk shahrining “Chudesniy” hayvonot bog‘ida Monika laqabli mushuk silovsin bolasini o‘z qaramog‘iga oldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

8-may kuni hayvonot bog'i mutaxassislari Arisha laqabli Yevropa silovsini tosining torligi tufayli mustaqil tug‘a olmasligini aniqlab, kesarcha kesish usulini qo‘llagan. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlanib, qiz tug‘ilgan. Arisha 6 yoshda, u endigina birinchi bolasini dunyoga keltirgani hisobga olinadigan bo‘lsa, uni kech tuqqan deyish mumkin.

“Arishaning tug‘ishidan ikki kun oldin Monika laqabli mushugimiz bolali bo‘ldi. Biz mushukka silovsin bolasini taklif qildik va u bolani darrov o‘zinikiday qabul qildi. Hozir silovsin uch haftalik bo‘lgan. Sog‘lig‘i borasida hech qanday xavf yo‘q. U katta bo‘lyapti, og‘irligi ham oshib bormoqda, yaxshi ovqatlanyapti, ikki akasi — mushukchalar bilan o‘ynab katta bo‘lyapti. Akalariga nisbatan silovsinning og‘irligi katta, shu bois Monika endi uni avvalgidek sudrab yurolmaydi, qulog‘idan asta tishlab qo‘yadi”, — dedi “Chudesniy” hayvonot bog‘i direktori Yekaterina Zotova.

Hayvonot bog‘i ma’muriyati ona-silovsinning ahvoli yaxshilanganiga qaramasdan, bolani unga qaytarib berishga cho‘chib turganini ma’lum qilgan. Negaki silovsinning bolani qanday qabul qilishi noma’lum. Bolaga hali ism qo‘yilmagan. Hayvonot bog‘i tashrif buyuruvchilar orasida eng yaxshi ism topish bo‘yicha tanlov o‘tkazishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют