» » Toshkentda Ichki ishlar tizimidagi yosh xodimlarning ota-onalariga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi

Toshkentda Ichki ishlar tizimidagi yosh xodimlarning ota-onalariga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqining Yetakchilar kengashi tashabbusi bilan IIV Faxriylar kengashi hamda Toshkent xalqaro aeroportida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda sohada xizmat qilayotgan xodimlar, ularning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bugungi kunda barcha ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bevosita guvohi bo‘lmoqda. Bu yo‘nalishdagi ezgu o‘zgarishlarning asosiy maqsadi, eng avvalo, ichki ishlar idoralari xodimlarining xalqqa yanada yaqinlashuvida, odamlarning og‘irini yengil qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Tadbirda yangi badiiy, ma’rifiy-ommabop kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda faol, tashabbuskor yosh xodimlarning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют