» » FQB yangi xavfli virusni to‘xtatish usuli haqida ma’lum qildi

FQB yangi xavfli virusni to‘xtatish usuli haqida ma’lum qildi


AQShning Federal qidiruv byurosi xodimlari kompyuterlarni va boshqa tarmoq qurilmalarini VPNFilter nomli xavfli virusdan himoya qilish yo‘lini topdi. Bu haqda “TVZvezda” xabar berdi.

Ularning fikricha, birinchi navbatda qarilmani qayta yuklash zarur. Bu qandaydir vaqtga tarmoqni viruslardan xoli qiladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, o‘z vaqtida dasturiy ta’minotni yangilash, masofadan kirishni taqiqlash va uni murakkab parol bilan himoyalash juda muhim hisoblanadi.

Bu choralar foydalanuvchilar hujumlardan to‘liq himoya qilmasa ham, ularni aniqlash va bartaraf etishda yordam berishi mumkin.

Qayd etilishicha, VPNFilter yangi virusi nafaqat kompyuterlar uchun xavfli, balki internetga ulana oladigan barcha qurilmalarga kirishi mumkin. Bir necha kun ichida virus dunyoning 54 ta mamlakatida 500 mingdan ortiq qurilmani zararladi.

Uning tarqalishida Fancy Bear xakerlik guruhi gumon qilinmoqda. G‘arb bu guruhni Rossiya bilan aloqada asossiz ravishda ayblamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют