» » Germaniyalik erkak ko‘chada otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor

Germaniyalik erkak ko‘chada otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor


Germaniyaning Zalsgitter shahrida bir erkak ko‘chada ikki nafar ayolni otib tashladi. Bu haqda RegionalSalzgitter’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli ayol olingan tan jarohati oqibatida vafot etgan, ikkinchi 32 yoshli ayol esa shifoxonaga yotqizilgan. Hujum uyushtirgan erkak voqea joyidan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, hozirda politsiya uni qidirish bilan shug‘ullanmoqda.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hujumni 38 yoshli erkak amalga oshirgan. Politsiyaning uning shaxsini aniqlagan, biroq hozircha jinoyatchining ismini aytishdan bosh tortdi.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, hujum uyushtirgan shaxs va ayollardan biri o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan hamda to‘rt nafar bolani birgalikda tarbiyalab kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют