» » 11-sentabr teraktlari tashkilotchisining Obamaga maktubi e’lon qilindi

11-sentabr teraktlari tashkilotchisining Obamaga maktubi e’lon qilindi


AQShda, mamlakat fikricha, 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlarning bosh tashkilotchisi bo‘lgan Xolid Shayx Muhammadning 18 sahifali maktubini qisman e’lon qilishdi, deb yozadi “RIA Novosti”. Xat mamlakat sobiq prezidenti Barak Obamaga qaratilgan.

Maktubda Muhammad Vashingtonning “butun dunyo bo‘ylab begunoh kishilarni o‘ldirgan” tashqi siyosati tufayli, 9/11 teraktlariga o‘zi aybdor ekanligini ta’kidlagan. 11-sentabr voqealarini izohlar ekan, Muhammad teraktlar kuni “sizga qarshi urush boshlagan biz emasmiz”, deb yozadi. Uning ishontirishicha, buni “o‘zingiz va bizning mamlakatdagi diktatorlaringiz” qilgan.

Muhammad o‘z xatida Obamaga “ilonning boshi” va “jabr-zulm mamlakati” prezidenti sifatida muroaat qiladi. Oshkor etilgan maktub 2015-yil yanvarida yozilgan. Ammo dastlab Guantanamodagi qamoqxona nazoratchilari Muhammadning xatini yuborishdan bosh tortgan. O‘sha yilning sentabrida mahbusning advokati ayblanuvchi prezidentga murojaat qilish huquqiga ega ekanligini ta’kidlab, sudyadan bu ishga aralashishni so‘ragan. Natijada harbiy sud bunga rozi bo‘ldi.

Maktubda erkak na o‘lim jazosidan, na bir umrlik qamoqdan qo‘rqishini qayd etgan va hech qachon afv so‘ramasligini aytgan.

Kuvaytda tug‘ilgan Muhammad xatda, shuningdek, AQShning “Iroq va Erondan Vyetnam va Xirosimagacha bo‘lgan” aralashuvlarini sanab o‘tadi.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют