» » Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga energiya samaradorligi uchun 50 mln dollar ajratadi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga energiya samaradorligi uchun 50 mln dollar ajratadi


Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan respublikaga “Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun 50 million dollar taqdim etish haqida kelishuv imzoladi. Bu haqda Milliy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyiha doirasida O‘zbekistonning yirik, o‘rta va kichik korxonalari energiya tejovchi texnologiyalarni sotib olish uchun qo‘shimcha moliyaviy ko‘makka ega bo‘ladi.

“Eskirgan uskunalarni va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish mamlakat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, — dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori. — Energiya samardorligi uskunalardan foydalanish va ularning xizmat qilish xarajatlarini qisqartirish, mahsuldorlikni oshirish, shuningdek, mablag‘larni tejash imkonini beradi”.

Ushbu investitsiyalar sharofati bilan 386 GVt-soat energiyani tejash va atmosferaga yiliga 799 ming tonna karbonat angidrid chiqarilishini kamaytirish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют