» » Ingushetiya muftiyligi respublika rahbarini musulmon jamoatidan chetlatdi

Ingushetiya muftiyligi respublika rahbarini musulmon jamoatidan chetlatdi


Ingushetiya muftiyligi respublika rahbari Yunusbek Yevkurovni musulmon jamoatidan chetlatdi, deb xabar beradi Meduza.

Mazkur qaror oqsoqollarning 27-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra musulmonlarga Ingushetiya rahbariga bog‘liq to‘ylar, dafn marosimlari va boshqa shu turdagi tadbirlarda ishtirok etmaslik buyuriladi.

Yevkurov diniy markazga nisbatan diskriminatsiyasi sabab chetlatilgani aytilmoqda.

Ingushetiya musulmonlari diniy Markazi bayonotida yozilishicha, hukumat tomonidan muftiylikka nisbatan uch yildan buyon zulm o‘tkazib kelinmoqda. Yevkurovning chetlatilishiga, sud tomonidan Magasdagi masjid qurilayotgan yerning tortib olinishi sabab bo‘lgan.

Ingushetiya muftiysining yordamchisi Muhammad Xashtirovning aytishicha, diniy idora butun boshli hukumatga emas, aynan bir nafar amaldorning xatti-harakatlariga qarshi chiqmoqda.

“Jamoatchilikdan ajratib qo‘yish amaliyotini biz o‘ylab topmaganmiz. Bu haqda butun dunyo biladi va azaldan amal qilib keladi… Ruhiy sog‘lom insonga bu juda kuchli zarba hisoblanadi. Jamoatchilik u bilan hech qanday aloqa o‘rnatishni istamaydi. Biz uning azasiga, to‘yi-yu marakasi kabi boshqa tadbirlariga bormaymiz. Bu jamoatchilik orqali bosim o‘tkazish chorasidir”, — deydi Xashtirov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют