» » Ruminiyada Ikkinchi Jahon urushi davridagi bomba portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Ruminiyada Ikkinchi Jahon urushi davridagi bomba portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi


Ruminiyadagi Bakeu uyezdidagi o‘rmon massivlaridan birida Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba portlab ketdi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, bomba bolg‘a zarbidan keyin portlab ketgan.

Portlash oqibatida 27 yoshli erkak halok bo‘lgan, ikki kishi og‘ir jarohat olgan. Jarohat olganlardan birining qo‘lini amputatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Yana bir kishi ko‘krak qafasidan yaralangan. Shuningdek, bomba parchalari uning tos arteriyasiga jarohat yetkazgan.

Politsiya voqea tafsilotlarini aniqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Germaniyada Ikkinchi jahon urushi davriga oid bomba tufayli 26 ming kishi evakuatsiya qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют