» » Buxoroda “Ipak va ziravorlar” festivaliga 300 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi (foto)

Buxoroda “Ipak va ziravorlar” festivaliga 300 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi (foto)


Buxoro viloyatida uch kun davom etgan XVII an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivaliga 300 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Festival tadbirlariga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar soni 3,5 mingdan oshdi.

Festivalning yopilish marosimi Buxoroning Ark qo‘rg‘oni oldidagi Registon  maydonida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buxoro viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O‘ktam Barnoyev ishtirok etdi.

Shodmon Sulaymon ssenariysi asosida rejissor Rauf Avezov tomonidan sahnalashtirilgan konsert dasturida san’atkorlar Zulayxo Boyxonova, Alisher Turdiyev (Fayz), Hosila Rahimova, Sevinch Mo‘minova, Ziyoda, VIA “Sharq” guruhi ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 25-may, juma kuni “Ipak va ziravorlar” festivalining boshlangani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют