» » Farg‘onada test sinovlari repetitsiyasida opasining o‘rniga imtihonga kirmoqchi bo‘lgan abituriyent “fosh etildi”

Farg‘onada test sinovlari repetitsiyasida opasining o‘rniga imtihonga kirmoqchi bo‘lgan abituriyent “fosh etildi”


Farg‘ona olimpiya zaxiralari kollejida Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida test sinovlari repetitsiyasi o‘tkazildi. Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali qoshidagi akademik litseyning 240 nafar o‘quvchisi abituriyent sifatida qatnashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

O‘quvchilarning har biri shaxsni identifikatsiyalash va aniqlash videokuzatuv moslamalari hamda metallodedektorlar orqali tekshiruvdan o‘tkazildi. Test sinovlari repetitsiyasi davomida 4 ta kuzatuv kameralari ishlab turdi. Maxsus uyushtirilib, opasining o‘rniga imtihonga kirmoqchi bo‘lgan “abituriyent”ning yuzini qurilma tanib oldi va sinovga kirishiga yo‘l bermadi.

Ro‘molchasi, soati yordamida shpargalkadan foydalanmoqchi bo‘lgan, telefon orqali test yechishga harakat qilgan “abituriyent”larni yo‘naltiriladigan va tahlil qiladigan kamera bir zumda aniqlab berdi.

—Test sinovlarining adolatli, xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida bu kabi videokuzatuv moslamalari, kamera va jihozlar uchun davlat tomonidan 8,6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bugungi repetitsiya jarayonida abituriyentlar test sinovlarida yolg‘on ishlata olmasliklari, shpargalka va telefon bilan albatta qo‘lga tushishlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi va haqiqiy sinovda bunday hollarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini bilib oldi. Ota-onalar farzandining qanday test yechayotganligini onlayn tarzda ekranda kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi, — deydi Davlat test markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi boshlig‘i Ismoilxon Shokirov.

“Imtihon” jarayonida 270 nafardan ortiq nazoratchi amaliy mashg‘ulotlarni o‘tdi, ota-onalar ham bu yilgi test sinovlarining yangi tartibi haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun kuzatuvchi sifatida taklif qilindi.

Ma’lumot uchun, bu yil Farg‘ona viloyatida 800 nafardan ortiq oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda xalq ta’limi bo‘limi xodimlari nazoratchi sifatida test sinovlariga jalb etilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют