» » Yaman poytaxti Ummon shahrida siklon tufayli 13 kishi halok bo‘ldi

Yaman poytaxti Ummon shahrida siklon tufayli 13 kishi halok bo‘ldi


Yaman poytaxti Ummonda Arabiston yarim oroliga yopirilgan Mekuni tropik sikloni tufayli kamida 13 kishi vafot etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Bir necha kun ichida Ummonda yog‘ingarchilik miqdori yillik me’yordan uch marta oshib ketgan. Shamol tezligi ayrim joylarda soatiga 180 kilometrga yetgan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kuchli shamol tufayli eng kamida yeti kishi halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan.

500 dan ortiq oilalar uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Yo‘llar, elektr tarmoqlari, suv ta’minoti ishdan chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют