» » Avstriyalik mutaxassislar O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirish uchun kadrlar va bilimlar yetishmayotganini qayd etdi

Avstriyalik mutaxassislar O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirish uchun kadrlar va bilimlar yetishmayotganini qayd etdi


Avstriyaning FH Krems amaliy fanlar universiteti bosh ijrochi direktori Karl Ensfelner, prezidenti Mag Boyer Xeyns hamda transmilliy dasturlar bo‘yicha direktori Jens Piter Ennendan iborat delegatsiya Toshkentda Innovatsiya vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Karl Ensfelner o‘zi rahbarlik qilayotgan oliy ta’lim muassasasida 2700 nafar talaba biznes, tibbiyot va tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim olayotgani haqida aytib o‘tarkan, universitet bitiruvchilarining ishga joylashish darajasi 98,5 foiz ekanligiga alohida urg‘u berdi. Shuningdek, universitetda ko‘plab ilmiy-tadqiqot dasturlari ham ishlab chiqilib, ular sanoatga joriy etilgan. Universitetning turizm yo‘nalishidagi o‘quv dasturini O‘zbekistonda joriy qilish mumkinligi qayd etildi.

Professor Ensfelner O‘zbekiston turizmining imkoniyatlari kengliligi, biroq mazkur sohani rivojlantirish uchun kadrlar va bilimlar yetarli emasligini bildirdi. Sayyohlarni jalb qilish uchun turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qodir va moyil mutaxassislarni yetishtirish lozimligini ta’kidladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha shu paytgacha Ozarbayjon, Xitoy va Vyetnamdagi ijobiy hamkorlik natijalari O‘zbekistonda ham o‘z samarasini berishiga umid bog‘lanayotgani aytildi.

Innovatsiya vaziri bugungi kunda O‘zbekistonda biologik faol moddalar tadqiqoti bo‘yicha qator izlanishlar olib borilayotgani, ammo ular tegishli tarzda sinovlardan o‘tkazilmaganini aytdi. Innovatsion ishlanmalar ishonchli bo‘lishi va xorijiy hamkorlar tomonidan qabul qilinishi uchun O‘zbekistonga GLP (Good Laboratory Practice—Maqbul laborator amaliyot) standartini joriy etish zaruriyati haqida gapirdi.

Vazirning bu fikri delegatsiya a’zolarida qiziqish uyg‘otib, laboratoriya tadqiqotlari natijalarini muvofiqlashtiruvchi va aniqligini ta’minlovchi me’yorlar, qoidalar va ko‘rsatmalarning ushbu tizimini O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjudligini aytdi.

Suhbat yakunida Ibrohim Abdurahmonov Innovatsion rivojlanish vazirligi FH Krems amaliy fanlar universitetinivazirlik tomonidan oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan InnoWeek.uz xalqaro ko‘rgazmasiga taklif qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют