» » Buxoroda noqonuniy auksion savdolarida qariyb 150 mln so‘m o‘zlashtirgan firibgarlar qo‘lga olindi

Buxoroda noqonuniy auksion savdolarida qariyb 150 mln so‘m o‘zlashtirgan firibgarlar qo‘lga olindi


Buxoroda noqonuniy auksion savdolarini o‘tkazib 16 nafar fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan firibgarlarning “faoliyat”lariga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermqoda.

Buxoro shahar Tagi Chorbog‘ ko‘chasi 40-uyda yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan “Info trans savdo” MChJ direktori Shuhratmirzo Majitov va 1970-yilda tug‘ilgan “Universal auksion invest” MChJ direktori, Peshku tumani Bobo Xoji MFY “Bobo xodim” qishlog‘i 44-uyda yashovchi Roziq Xayrullayevlar oldindan jinoiy til biriktirib, mansab vakolatlaridan foydalangan holda Qashqadaryo viloyatida yashovchi 16 nafar fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, aslida auksion savdolariga qo‘yilmagan 8 ta avtomashina va maxsus texnika vositalari, go‘yoki Majburiy ijro buyurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil kilingan E-ijro Auksion yagona elektron savdo maydonchasiga auksion savdolariga chiqarilganligini aytib, ushbu tashkil qilinadigan auksion savdolaridan 8 ta avtomashina va maxsus texnika vositalarini olib berishni va’da qilib, qonunga zid ravishda auksion savdolarini o‘tkazib, “Info trans savdo” MChJ hisob raqamiga jami 95 355 840 so‘m pullarni ko‘chirilishi hamda ulardan jami 5800 AQSh dollarini qo‘lga kiritishga erishib firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi pullarini hamda mulkini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shuhratmirzo Majitov va Roziq Xayrullayevlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют