» » Qidiruvda bo‘lgan 3 nafar buxorolik shaxs xorijiy davlatlarda qo‘lga olindi

Qidiruvda bo‘lgan 3 nafar buxorolik shaxs xorijiy davlatlarda qo‘lga olindi


Buxoroda diniy ekstremizm yo‘nalishida jinoyat sodir etib, 2017-yilning noyabr oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Foto: “Bezumno.ru”

O‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2017-yilning noyabr oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan, Otbozor MFY, Ruxshobod aholi punktida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan Umid Sa’diyev tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Turkiyaning Istanbul shahrida ekanligi aniqlanib, undan o‘z aybiga iqrorlik arizasi olinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi 1-qismida (diniy ekstremizm yo‘nalishida) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, 2017-yilning noyabr oyidan buyon qidiruvda yurgan, 1987-yilda tug‘ilgan, Buxoro shahar Fathobod ko‘chasi 13-uy 8-xonadonda yashovchi San’at To‘qsanovga nisbatan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, San’at To‘qsanov Rossiyaning Moskva shahridan deport qildirilib, Domodedovo – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi aviareys orqali olib kelindi va DXX Buxoro viloyat boshqarmasi tergov bo‘limiga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2016-yilning sentabr oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan, G‘ijduvon tumani, A.G‘ijduvoniy ko‘chasi ro‘yxatda turuvchi, 1983-yilda tug‘ilgan Sherzod Qilichev Moskva shahrida ekanligi aniqlanib, qo‘lga olindi hamda O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinib, 3-sonli THga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют