» » Qoraqalpog‘istonda mast uka o‘z akasini urib o‘ldirib qo‘ydi

Qoraqalpog‘istonda mast uka o‘z akasini urib o‘ldirib qo‘ydi


28-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro mast holda o‘z akasini urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, M.N. ismli fuqaro muqaddam sudlangan akasi J.N.ning uyida u bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Natijada akasining boshiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan. Yetkazilgan jarohatlar oqibatida J.N. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

M.N. esa qo‘lga olingan va huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli surishtiruvlar olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют