» » “Via Marokand” guruhining litsenziyasi “O‘zbekkonsert” tomonidan to‘xtatib qo‘yildi

“Via Marokand” guruhining litsenziyasi “O‘zbekkonsert” tomonidan to‘xtatib qo‘yildi


“Via Marokand” guruhining litsenziyasi “O‘zbekkonsert” tomonidan to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @via.marokand

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy Kengash a’zolari tomonidan “VIA Maroqand” guruhining “Turist” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipida juz’iy kamchiliklar bo‘lganligi bois klipni ommaga taqdim etish rad etilgan edi. Biroq, guruh a’zolarini bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu klip OAV orqali namoyish etilganligi sababli, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonunining 23-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 37-bandiga asosan “VIA Marokand” guruhi a’zolari Zakirova Asalxon Baxtiyorjon qizi va Tashmatov Abdurashid Xusanovichlarga berilgan litsenziyalar joriy yilning 29- may kunidan to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют