» » AQSh banklari 120 mlrd dollardan ortiq zaxira mablag‘i to‘plagani ma’lum qilindi

AQSh banklari 120 mlrd dollardan ortiq zaxira mablag‘i to‘plagani ma’lum qilindi


2008–2009-yillardagi moliyaviy inqirozdan so‘ng kapital zaxirasini yaratish talabi qo‘yilgan AQShdagi yirik banklar 120 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plashga erishdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

29,1 milliard dollar miqdoridagi eng katta zaxira kapitaliga Citigroup banki ega. Bank of America va JPMorgan Chase to‘plagan summa tegishli ravishda 21,2 va 19,7 milliard dollarni tashkil etadi.

AQShdagi 18 ta yirik bank ixtiyorida jami 127,3 milliard dollar shunday “ortiqcha” kapital mavjud. Ularning aksariyati mamlakat federal zaxira tizimi tomonidan o‘tkaziladigan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish uchun zarur minimumdan sezilarli darajada ortiq summalarni saqlamoqda.

Ekspertlarga ko‘ra, AQSh bank sohasini iqtisodiy inqirozdan himoyalash uchun mo‘ljallangan zaxira fondlari kapitali yaqin orada kamayishi mumkin. Prezident Donald Tramp soha ustidan nazoratni yumshatish, banklarga to‘plangan vositalarning bir qismini dividendlar to‘lash hamda aksiyalarni qayta sotib olishga yo‘naltirishlariga ruxsat berish niyatida ekanligini bildirgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют