» » “Lester” va “Borussiya Dortmund” kubok sari qadam tashladi. Payet hamda Depay va nihoyat Fransiya chempionatida gol urdi

“Lester” va “Borussiya Dortmund” kubok sari qadam tashladi. Payet hamda Depay va nihoyat Fransiya chempionatida gol urdi


8-dekabr kuni kuchli beshlikda bir qator futbol uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ispaniya kubogi finalida “Barselona” va “Alaves” o‘ynashi aniq bo‘lgandi. Angliya va Germaniya kuboklarida esa navbatdagi bosqich ishtirokchilari aniqlandi.

Fransiya va Italiya chempionatlarida tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. A seriyada “Yuventus” qoldirilgan o‘yinni o‘tkazgan bo‘lsa, Fransiyada 24-tur o‘yinlari davom etdi.

Angliya kubogida zafar quchish uchun kurash olib borayotgan mamlakatning amaldagi chempioni “Lester” quyi liga vakili “Derbi Kaunti” bilan ilk uchrashuvda 2:2 hisobida durang o‘ynab qo‘ygandi. 8-fevral kuni tomonlar “King Pauer” stadionida to‘qnash keldi.

Asosiy vaqt yana durang bilan yakun topdi — 1:1. 120 daqiqa davom etgan o‘yinda “tulkilar” keyinroq yana 2 ta gol urib, nimchorak final masalasini ijobiy hal qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Angliya kubogi
1/16 final
8-fevral, chorshanba

Gollar: Endi King, 46 (1:0). Abdul Kamara, 61 (1:1). Oninye Ndidi, 94 (2:1). Demaray Grey, 114 (3:1).

Ma’lumot uchun, “Lester” chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun “Milluoll” klubi maydonida zafar quchishi kerak bo‘ladi. Mazkur jamoa o‘tgan bosqichda “Uotford”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygandi.

Germaniya kubogida zafar quchish ilinjida bo‘lgan Dortmundning “Borussiya” klubi nimchorak finalda katta qiyinchilikka duch keldi. “Gerta”ga qarshi 120 daqiqa davom etgan o‘yinda g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. Penaltilar seriyasida Berlin klubi vakillaridan uch nafari noaniq zarba berdi: Fabian Lustenberger, Vladimir Darida va Salomon Kalu. Shu tariqa Kaluning o‘yinda urgan goli, penaltidagi noaniq zarbasi bilan yo‘qqa chiqib ketdi.

Bir kun avval chorak final chiptasini “Gamburg”, “Shportfroynde”, “Ayntraxt”, “Borussiya Myonxengladbax”, “Arminiya” va “Bavariya” kabi klublar ham qo‘lga kiritgandi.

Germaniya kubogi
1/8 final
8-fevral, chorshanba

Gollar: Salomon Kalu, 27 (0:1). Marko Roys, 47 (1:1).

Gollar: Alessandro Shyopf, 38 (0:1). Daniel Kalijiuri, 43 (0:2). Naldo, 45+1 (0:3). Endryu Vuten, 64 (1:3). Yevgeniy Konoplyanka, 71 (1:4).

Italiya A seriyasining turnir jadvali bir tekis ko‘rinishga keltirildi. “Yuventus” qoldirilgan o‘yinda 2 ta gol farqi bilan zafar quchdi hamda o‘ziga eng yaqin turgan Rim klubidan 7 ochkoga ilgarilab ketdi. Oldindagi 15 ta tur davomida “Roma” mana shu farqni yo‘qqa chiqarishga harakat qiladi.

Italiya A seriyasi
18-tur
8-fevral, chorshanba

Gollar: Mario Manjukich, 60 (0:1). Gonsalo Iguain, 74 (0:2).

Fransiya chempionatiga Angliya Premyer-ligasidan yetib kelgan ikki futbolchi va nihoyat gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Memfis Depay “Lion”ning yirik g‘alabasiga hissa qo‘shgan bo‘lsa, Dimitri Payetning goli “Marsel”ga g‘alaba tortiq qildi. Har ikki klub turnir jadvalidagi ahvolini anchagina yaxshilab oldi.

Fransiya Birinchi divizioni
24-tur
8-fevral, chorshanba

Gollar: Bafetimbi Gomes, 26 (1:0). Dimitri Payet, 76 (2:0).

Gollar: Andi Delort, 24 (0:1). Silven Marvo, 60 (1:1).

Gol: Vilian Sipriyen, 7 (1:0).

Gollar: Matyo Valbuyena, 39 (1:0). Nabil Fekir, 43 (2:0). Aleksandr Lyakazett, 54-pen (3:0). Memfis Depay, 58 (4:0).

Chetlatish: Lyudovik Baal, 85 (R).

Gollar: Ismoila Sarr, 46 (1:0). Sheyk Diabate, 66-pen (2:0). Sedrik Varro, 78 (2:1).
Chetlatish: Jordan Lotyes, 60 (D).

Опубликовано: admin (9-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют