» » YChLni ketma-ket 3 marta yutgan “Real Madrid”ning asosiy transfer nishonlari aniq — Azar, Saloh, Dibala

YChLni ketma-ket 3 marta yutgan “Real Madrid”ning asosiy transfer nishonlari aniq — Azar, Saloh, Dibala


Madridning “Real” klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi yozgi transferlar vaqtida jamoaning turli pozitsiyalariga bir nechta futbolchini olib keladi, deb yozmoqda Marca.

Qayd etilishicha, jamoa darvozabon, markaziy himoyachi, o‘n qanot himoyachisi va hujumchi sotib oladi.

“Real” agarda Neymar bilan kelisha olmasa va Garet Beyl yozda klubni tark etadigan bo‘lsa, unda klub quyidagi 3 futbolchidan birini tarkibga qo‘shib oladi: Muhammad Saloh (“Liverpul”), Eden Azar (“Chelsi”), Paulo Dibala (“Yuventus”). Madridliklar “Lion”dan dominikanlik yosh hujumchi Mariano Diasni ortga qaytarish haqida ham o‘ylamoqda.

Darvozaga asosiy nomzod — “Roma” darvozaboni Alisson bo‘lib turibdi. “Real”ning o‘ng qanotiga Alvaro Odriosola (“Real Sosyedad”) olib kelinishi mumkin.

“Qirollik klubi” markaziy himoya uchun esa Xose Ximenesni (“Atletiko”) olib kelmoqchi. Urugvaylik futbolchiga muqobil variant sifatida Milan Shkrinyar (“Inter”) va Alessio Romanyoli (“Milan”) ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют