» » Kiyevda rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenkoni otib ketishdi

Kiyevda rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenkoni otib ketishdi


Rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko noma’lum shaxs tomonidan Kiyevda otib ketildi. Uning o‘limini Oliy Rada deputati Anton Gerashenko tasdiqlagan, deb xabar berdi Meduza.

Kiyev politsiya boshqarmasi vakili Oksana Blishikning ma’lum qilishicha, rossiyalik jurnalist olingan tan jarohati oqibatida tez yordam mashinasida vafot etgan. Rasmiy xabarda Babchenkoning ismi qayd etilmagan bo‘lib, unda “1977-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi, telekanallardan birining boshlovchisi”, deb yozilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, orqasidan jarohat olgan jurnalistni birinchi bo‘lib uning rafiqasi  topgan.

“Dneprovsk tumanida favqulodda holat sodir bo‘ldi. Jurnalistning rafiqasi vannaxonada bo‘lgan va birdan qandaydir taqur-tuqur ovozlarni eshitgan. Vannadan chiqib qaraganida, turmush ortog‘i qonga belanib yotgan bo‘lgan. U zudlik bilan tezyordamni chaqirgan, biroq jarohat olgan fuqaroga yordam berishning iloji bo‘lmagan. Voqea joyida terkor-qidiruv bo‘limi xodimlari ish olib bormoqda”, — deydi Milliy politsiya vakili Yaraslov Trakalo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют