» » Farg‘onada O‘zbekiston – Qirg‘iziston parlamentlararo komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi (foto)

Farg‘onada O‘zbekiston – Qirg‘iziston parlamentlararo komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi (foto)


Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda parlamentlararo munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Parlament a’zolari Rishton – So‘x yo‘li ochilishi oqali yangi turistik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama aviaparvozlarni ko‘paytirish, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘l liniyasi qurilishining iqtisodiyot rivojiga ta’siri kabi masalalarni ko‘rib chiqdi.

Komissiya majlisida Oliy Majlis bilan Jogorku Kenesh o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning reglamenti, shuningdek, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan Jogorku Keneshi devonining ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

“Parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisi yuqori saviyada tashkil etildi. Biz barcha masalalarni muhokama qilib, kelgusidagi muhim vazifalar, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab oldik,” – dedi Jogorku Kenesh to‘rog‘asi o‘rinbosari Asal Koduranova.

Navbatdagi majlisni 2019-yilning birinchi yarim yilligida O‘sh shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют