» » Bo’stonliq tumanida Lacetti’ni olib qochgan “shovvozlar” qo’lga olindi

Bo’stonliq tumanida Lacetti’ni olib qochgan “shovvozlar” qo’lga olindi


27-may, yakshanba kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 4 nafar noma’lum shaxs avtomashinalar turargohida eshigi ochiq holda qoldirilgan hamda kaliti ichida bo‘lgan Lacetti’ni olib qochdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida jinoyatni Parkent tumanida yashovchi G‘.G‘. sodir etgani aniqlangan. G‘.G‘. avtomashinani Parkent tumanida haydab ketayotganida ushlangan. Jinoiy sheriklari, muqaddam sudlangan B.U., A.Z. va M.O. Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor qo‘rg‘oni hududida qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют