» » Milliy kutubxonada Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

Milliy kutubxonada Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2017-yil 7-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan “Fasohat mulkining sohibqironi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Bu haqda kutubxona matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazmada Alisher Navoiyning ko‘p jildli asarlari, uning asarlariga sharhlar, Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga, uning falsafiy fikrlariga oid turli yillarda chop etilgan kitoblar namoyish etilmoqda.

Shuningdek, mazkur ko‘rgazmada foydalanuvchilar e’tiboriga dunyo tillariga tarjima qilingan Navoiyning tanlangan asarlari, g‘azallari, ruboiylari, o‘z asarlari izohi, ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g‘oyalarga yo‘g‘rilgan hikmatlari va turli aforizm, maqol va matallari taqdim etilgan. Uning 3000 mingdan ziyod she’rlari, dostonlari, majoziy uslubda bitilgan g‘azal, ruboiylari va ilmiy qarashlari XV asr oxirlarida O‘rta Osiyodagi ma’naviy hayotni yoritib beradi.

Shuningdek, ko‘rgazmada Oybek, Maqsud Shayxzoda, Izzat Sulton va boshqa shoirlar tomonidan turli davrlarda Alisher Navoiy haqida yozilgan asarlar o‘rin egallagan.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondida mavjud Alisher Navoiy hayoti va ijodiga daxldor adabiyotlar bilan tanishadi.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют