» » Toshkentdagi yangi aeroport hududini tozalash ishlari boshlab yuborildi

Toshkentdagi yangi aeroport hududini tozalash ishlari boshlab yuborildi


O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Toshkent-Sharqiy aerodrom bazasi asosida zamonaviy fuqarolik  aviatsiyasi aeroport kompleksini qurish to‘g‘risidagi” qaroriga ko‘ra Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida yana bir xalqaro aeroport qurish ishlari boshlandi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportini qurish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Kompleksning bosh rejasi “Boshtransloyiha” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqilmoqda. Loyihaga ko‘ra, 2 ta terminal bunyod etiladi. Dastlabki terminal davlat rahbarlari va rasmiy delegatsiyalarni kutib olish uchun mo‘ljallangan. Bir vaqtning o‘zida 250 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladigan navbatdagi terminal ishbilarmon va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, kuniga 50 tonna yuk tushirish imkoniyatiga ega zamonaviy kargo bo‘limni ham qurish ko‘zda tutilgan. Bu bunyodkorlik ishlariga “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” unitar korxonasi  jalb etilgan.

Uzunligi 4 kilometr, kengligi 75 metr bo‘lgan zamonaviy uchish-qo‘nish yo‘laklari bunyod etiladi. Mazkur bunyodkorlik ishlariga “Transyo‘lqurilishmaxsuspudrat” MChJ jamoasi ham qatnashmoqda. Shu kunga qadar bu yerda 139 800 kub metr tuproq ishlari bajarildi. Qurilish-montaj ishlarida 100 dan ortiq maxsus texnikalar va yana shuncha ortiq ishchi-xodimlar ishtirok etmoqda.

Kompleks doirasida bir vaqtning o‘zida 20 ta samolyotni kutib olish va jo‘natishga mo‘ljallangan perron ham quriladi. Shuningdek, bir qancha qo‘riqlash, aloqa va xavfsizlik punktlari ham bunyod etilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida  samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazi, Boeing-787, A-320 samolyotlari hamda 2 ta MI-8 vertolyotlarini saqlash uchun zamonaviy angar, Yong‘in xavfsizligi deposi tiklanadi. Shu bilan birga, dispecherlik markazi va 100 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan ovqatlanish binosi ham barpo etiladi. E’tiborga molik yana bir jihat mutaxassislar qurilish jarayonida yuk tashuvchi Boeing-787-8 samolyotlari uchun to‘xtash maskani ustida ham ish olib bormoqda. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi, ma’muriyat binosi, yuqori quvvatga ega nim stantsiya va yoritish tizimi ham bir vaqtning o‘zida qad rostlaydi.

“O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” unitar korxonasi quruvchilari vertolyotlar uchun saqlash angarning poydevorida 60 foiz qazish ishlarini yakunladi. 2-terminal binosida 1000 kub metr tuproq ishlari bajarildi. Maxsus mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l stantsiyasi va “Toshkent mexanika zavodi” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan xalqaro aeroporti hududini temir-beton devorlar bilan o‘rab olish ishlari olib bormoqda.

Loyihaning birinchi bosqichi 2020-yilga yakunlanishi belgilab qo‘yilgan. Shu muddatda samolyotlarni qabul qilish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshlab yuborish mo‘ljallanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют