» » Afg‘onistonda Qizil Xochning 6 nafar xodimi IShIDga mansubligi taxmin qilinayotgan jangari hujumi qurboni bo‘ldi

Afg‘onistonda Qizil Xochning 6 nafar xodimi IShIDga mansubligi taxmin qilinayotgan jangari hujumi qurboni bo‘ldi


Afg‘onistonning Juzjon viloyatida Qizil Xochning 6 nafar xodimi IShIDga mansubligi taxmin qilinayotgan jangari hujumi qurboni bo‘ldi. Bu haqda viloyat gubernatori Lutfulloh Aziziy ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Mansabdor so‘zlariga ko‘ra, Qizil Xoch xodimlari viloyatning tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlariga gumanitar yordam yetkazish bilan shug‘ullangan.

Xalqaro tashkilotning yana ikki nafar xodimi garovga olingan, hozirda politsiya ularni qidirmoqda.

Qizil Xoch Twitter’dagi sahifasida xodimlarining o‘ldirilgani va o‘g‘irlab ketilganini tasdiqladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют