» » O‘zbekistonda o‘tgan hafta mobaynida onlayn auksionni orqali 761 mln so‘mga teng avtoraqamlar sotildi

O‘zbekistonda o‘tgan hafta mobaynida onlayn auksionni orqali 761 mln so‘mga teng avtoraqamlar sotildi


O‘zbekistonda o‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 59 ta avtomobil raqamlari sotildi. Ularning 43 tasi jismoniy shaxslarga, 16 tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 761 million so‘mdan oshdi, deb xabar beradi Tovar xomashyo birjasi matbuot xizmati.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 68 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 foiz bitimlar ikkinchi toifa avtoraqamlar va 10% bitimlar uchinchi toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Buxoro viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 23 foizga teng.

Keyingi o‘rinda Toshkent shahri va Toshkent viloyati avtohavaskorlari 22 foiz ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Farg‘ona va Samarqand viloyatlari avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 12 foizni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 31 foizga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют