» » Qirg‘iz teatri O‘zbekistonda Chingiz Aytmatov asarini namoyish etdi

Qirg‘iz teatri O‘zbekistonda Chingiz Aytmatov asarini namoyish etdi


29-may kuni Qirg‘izistonning O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatri jamoasi xalqaro hamkorlik doirasida O‘zbek milliy akademik drama teatrida Chingiz Aytmatovning “Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar” spektaklini namoyish etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Poytaxtdagi va viloyatlardagi teatrlar jamoalari o‘rtasida tashkil etilgan ijodiy hamkorlik doirasida poytaxt teatrlari viloyatlarda, viloyat teatrlari esa poytaxt teatrlarida sahna asarlari namoyish etmoqda.

Birgina may oyining o‘zida O‘zbek milliy akademik drama teatri jamoasi Armanistonda bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik mamlakatlari, Boltiqbo‘yi hamda Gruziya davlatlari ishtirokidagi 3-xalqaro forumda Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan “Momo yer” spektakli bilan ishtirok etdi. Shuningdek, ijodiy jamoa Qozog‘iston Respublikasining Janubiy Qozog‘iston viloyatida gastrol safarida bo‘lib, Erkin Xushvaqtovning “Ko‘ngil” spektaklini namoyish etdi.

“O‘shlik hamkasblarimizning ijodiy safari va unda Chingiz Aytmatov asarining namoyishi ulug‘ adibning 90 yillik yubileyi nishonlanadigan yilda teatr va adabiyot ixlosmandlari uchun katta tuhfa bo‘ldi. Ishonchimiz komilki, ijodiy hamkorligimiz har ikki jamoaga ham muvaffaqiyatlar keltiradi”, — dedi O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori Fathulla Ma’sudov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют