» » OAV: noma’lum samolyot Trampning bortiga yaqin keldi

OAV: noma’lum samolyot Trampning bortiga yaqin keldi


Noma’lum samolyot bortida AQSh prezidenti Donald Tramp bo‘lgan Boeing 747’ga ruxsat etilganidan ko‘ra yaqinroq masofada uchib o‘tdi, deb yozadi ABC o‘z manbalariga tayanib.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 3-fevral kuni Palm-Bich (Florida shtati) osmonida yuz bergan. O‘sha kuni Tramp dam olish kunladini o‘tkazish uchun o‘zining Mar-a-Lago qarorgohiga jo‘nab ketgan edi. Manbalardan biri ekipajlar o‘rtasidagi “vizual aloqa” haqida aytgan. Yana biri esa samolyotlar parallel tarzda uchgani, ular o‘rtasidagi masofa belgilangan uch dengiz mili (5,6 km)dan kamroqni tashkil etganini ta’kidladi. Ammo ikkala bort uchuvchilari ham havo qatnovi boshqaruvi bilan doimiy aloqada bo‘lib turgan va to‘qnashuv xavfi yuzaga kelmagan.

Ayni paytda mas’ul organlar yo‘l qo‘yilmagan darajada yaqin kelish sabablarini aniqlashtirmoqda, dispetcher va uchuvchilar so‘roq qilinishi mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 9) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют