» » Tehron yaqinida harbiy samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Tehron yaqinida harbiy samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor


Eron poytaxti yaqinida 29-may kuni kechasi mamlakat harbiy-havo kuchlariga tegishli yengil motorli o‘quv samolyoti halokatga tushdi. Bu haqda mamlakat armiyasi matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Isfahondan Tehronga uchayotgan samolyot imom Xumayniy nomidagi xalqaro aeroport yaqinida qulab tushgan. Noxush hodisa oqibatida ikki kishi — ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, samolyot aholi istiqomat qilmaydigan joyga qulagan. Uning qulashiga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют