» » “Muloqot.uz” ijtimoiy tarmog‘i vaqtinchalik yopilmoqda

“Muloqot.uz” ijtimoiy tarmog‘i vaqtinchalik yopilmoqda


“Muloqot.uz” ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatishini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoq vakillari bu borada rasmiy bayonot tayyorladi. Ayni paytda murojaat servis foydalanuvchilariga yuborilmoqda. Unda ijtimoiy tarmoq faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilayotganiga urg‘u berilgan.

Assalomu alaykum, hurmatli foydalanuvchi!

Sizga shuni ma’lum qilamizki, loyihani yanada takomillashtirish va texnik sabablarga ko‘ra “Muloqot.uz” ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatini VAQTINCHA to‘xtatmoqda. “Muloqot.uz” tarmog‘idan foydalanish imkoniyati vaqtinchalik to‘xtalishi 3.06.2018 da amalga oshiriladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun ijtimoiy tarmoq ma’muriyati uzr so‘raydi. “Muloqot.uz” ijtimoiy tarmog’ining yangilangan versiyasi ishga tushirilganda, barcha foydalanuvchilar elektron pochta orqali xabardor qilinadi (agar foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarida e-mail manzilini kiritgan bo‘lsa).

“Muloqot.uz” 2011-yili Simple Networking Solutions MChJ tomonidan ishga tushirilgan edi. Ijtimoiy tarmoq boshqa muqobillardan bir qancha jihatlari, jumladan, rus va o‘zbek tillardagi interfeys, SMS-interfeys, Tas-IX zonasida ekanligi va hokazolar bilan farq qilardi.

Ijtimoiy tarmoq Huquq egalari palatasi va Mualliflar gildiyasi bilan litsenzion kelishuvlar imzolagan bo‘lib, buning natijasida saytda musiqa tinglash, pleylistlar yaratish va ularni ulashish mumkin edi.

2012-yil loyiha dizayni va funksionali yangilandi, kompyuterda ham, telefonda ham xabar almashish imkoniyati tug‘ildi, “Futbol” bo‘limi ochildi va boshqa yangiliklar joriy etildi. O‘shanda ijtimoiy tarmoqda 28 ming kishi ro‘yxatdan o‘tgan, undan har kuni 3 ming kishi foydalanar edi.

O‘sha yili “Muloqot.uz” UZ domeni milliy internet-festivalida “Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют