» » Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” bosh direktorini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehmonni qutlar ekan, davlat rahbari ikki tomonlama aloqalarning rivojidan mamnunligini bildirib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida fan va texnologiyalar sohasidagi ikki tomonlama aloqalar rivoji, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot institutlari va innovatsion markazlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish singari masalalar muhokama qilindi.

Aleksey Lixachyov Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya rahbarining salomini yetkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют