» » Fantastika: Qatar JCH—2022 mezbonligi uchun 200 milliard dollar sarflaydi. Bu Rossiya—2018 dan salkam 20 marta ko‘p

Fantastika: Qatar JCH—2022 mezbonligi uchun 200 milliard dollar sarflaydi. Bu Rossiya—2018 dan salkam 20 marta ko‘p


Futbol bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun Qatar umumiy hisobda 200 milliard dollar sarflaydi, deb yozdi “Sports.ru”.

Bu haqda ma’lum qilgan Qatar moliya vaziri Ali Sharif Al-Emadi ko‘pchilikni hayrat ko‘chasiga yetakladi. Mundialga tayyorgarlik uchun sarf etiladigan bu pul Braziliya—2014 va Rossiya—2018 dan dahshatli darajada ko‘p. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya mamlakatda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati xarajatlarini salkam 18 milliard dollarga baholagandi.

Ayni vaqtda qatarliklar mundial loyihasi uchun haftasiga 500 million dollarni yo‘q qilish ishlari bilan band. Bu pullar stadionlar, yangi yo‘llar, temir yo‘llar, aeroportlar, shifoxona-yu portlar qurish uchun sarf etilmoqda.

Qatarning bu ko‘rsatkichini yaqin orada kimdir takrorlashiga ishonish qiyin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют