» » Samarqandda noqonuniy ravishda chet el valyutasi oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar qo‘lga olindi

Samarqandda noqonuniy ravishda chet el valyutasi oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar qo‘lga olindi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar V.R. va I.K. Samarqand tuman, “Qavchinon” mahallasida noqonuniy ravishda chet el valyutasi oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Ular qonunga xilof ravishda fuqaro B.B. dan har bir AQSh dollarini “qora bozor” narxida 8 210 so‘mdan hisoblab, jami 6 200 AQSh dollarini 50 million 902 ming so‘mga sotayotgan vaqtda tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan. Tezkor tadbir davomida, ularning 200 AQSh dollari, 1 000 Rossiya rubli va 3 150 000 so‘mi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudida D. Nuraliyev raisligida o‘tkazilgan sud majlisida holatlar to‘liq o‘rganilib, ayblanuvchilarga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar V.R. va I.K. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularga nisbatan eng kam oylik ish haqining 90 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ashyoviy dalil tariqasida olingan jami 6 400 AQSh dollari va 1 000 Rossiya rubli belgilangan tartibda davlat foydasiga o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют