» » AQSh davlat kotibi KXDR muammosiga yangicha yondashuv zarurligini ma’lum qildi

AQSh davlat kotibi KXDR muammosiga yangicha yondashuv zarurligini ma’lum qildi


AQSh davlat kotibi Reks Tillerson KXDR muammosiga yangicha yondashuvni shakllantirish zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda 9-fevral, payshanba kuni “Ryonxap” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Tillersonning ta’kidlashicha, bu yondashuv, jumladan, harbiy kuchlarni qo‘llash tahdidini o‘z ichiga olishi lozim.

“Shimoliy Koreya hududiy va dunyo xavfsizligining asosiy tahdidlaridan biridir. Agar davlat kotiblik lavozimiga tasdiqlansam, hamkasblarim bilan birgalikda yangicha yondashuvni ishlab chiqmoqchiman. U Pxenyan tomonidan tahdidlar oldini olish uchun faol harakatlar qo‘llash imkonini beradi”, — deb yozadi Tillerson senator Ben Kardinga javob maktubida.

“AQSh yangi strategiyani ishlab chiqishda barcha variantlarni — harbiy kuchlarni qo‘llash tahdididan tortib muammoni diplomatik yo‘l bilan hal etishni ko‘rib chiqishi lozim”, — deb qo‘shimcha qildi Tillerson.

U, shuningdek, strategiyaning kaliti Yaponiya va Janubiy Koreya bilan yaqin hamkorlik ekanligini ta’kidladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют