» » Olimlar eng notinch yulduz turkumlarida “dengiz otchalari”ni topdi

Olimlar eng notinch yulduz turkumlarida “dengiz otchalari”ni topdi


VST teleskopi Somon yo‘li yaqinidagi yulduzlar shakllanuvchi eng yirik va bo‘ronli hudud bo‘lgan Tarantul tumanligining o‘ta yuqori aniqlikdagi suratlarini oldi. Shuningdek, qurilma tumanlik ichiga yashiringan o‘ziga xos “dengiz otchasi”ning suratini ham olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Somon yo‘lining eng yirik yo‘ldoshlaridan biri Katta Magellan buluti o‘z ichiga gaz bulutlarini oladi. Gaz bulutlari ichida esa yulduz shakllanishining eng intensiv jarayonlari yuz beradi. Bu kabi jarayonlar Somon yo‘li galaktikasida mavjud emas. Buning eng yorqin misoli sifatida diametri 300 yorug‘lik yiliga teng bo‘lgan Tarantula tumanligi ko‘rsatiladi.

Astronomlar bunday tumanliklarni va Magellan bulutidagi “yulduz uyalari”ni faol o‘rganmoqda. Ular yulduz shakllanishi jarayoniga “chetdan” qarashga hamda yangilarining paydo bo‘lishi va eskilarining o‘limi bunday gaz to‘plamlarida keyingi yulduz avlodlarining shakllanishiga qanday ta’sir qilishini ko‘rishga imkon beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют