» » Toshkentda davlat boshqaruvini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Toshkentda davlat boshqaruvini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi


Toshkent shahrida “Davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning zamonaviy bosqichidagi holati: xalqaro ilg‘or amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbir Oliy Majlis Senati, Adliya, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Bosh prokuratura, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, BMT Taraqqiyot dasturi va Germaniyaning Konrad Adenauer fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda parlament va davlat organlari vakillari, Xitoy, Rossiya, Gruziya, Buyuk Britaniya, Ozarbayjon, Gretsiya, Moldova kabi mamlakatlardan kelgan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasida qilinayotgan ishlarga yuqori baho berdi va bu borada xalqaro hamkorlikning samarali yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladi. Fikr-mulohazalar tinglandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют